Devid Goggins - iste’fodagi "dengiz arsloni" va AQSh Qurolli Kuchlari tarixida Navy SEAL tayyorgarligini, Armiya Reynjerlari maktabini va Harbiy-havo kuchlarining taktik aviadispetcherlar kursini muvaffaqiyatli tamomlagan yagona elita jangchisi. U 60 dan ortiq ultramarafon, triatlon va ultratriatlonlarda ishtirok etib, muntazam ravishda rekordlarni yangilab kelgan va kuchli 5 nafar sportchi qatoridan joy olgan.
Gogginsning bolaligi juda og‘ir kechgan: qashshoqlik, zo‘ravonlik va xurofotlar. Biroq temir iroda va ajoyib ruhiy chidamlilik unga aqlga sig‘mas ishni amalga oshirishga imkon berdi - ortiqcha vaznli tushkunlikka tushgan yigitdan Amerika maxsus kuchlari afsonasiga va sayyoramizning eng bardoshli insonlaridan biriga aylandi.
Kitobning asosini "40% qoidasi" tashkil etadi: Goggins aql kuchning chegarasi haqida gapirganda, biz haqiqiy salohiyatimizning ozgina qismini ishga solayotganimizni isbotlaydi. Bu shunchaki xotiralar emas, balki og‘riqni yengish, qo‘rquvlarni yo‘qotish va o‘z imkoniyatlaring chegarasidan chiqish bo‘yicha amaliy qo‘llanma.

