Tinib-tinchimas Bahoraning Хohish-istaklari, o'y-kechinmalari, beg'ubor orzulari haqida o'qirkanmiz, bola dunyosining yanada sirli mo'jizalari bilan yuzma-yuz kelamiz.
Mehr-u muhabbatga tashna farzandiga goʻzal ertaklar to'qigan Ayajon, orzularini kuyga solib alla aytgan Buvijon, Buvajon, Dadajon, Opajon, Ammajon, Хolajonlar, unutmang, jigarbandingiz sizni bor vujudi bilan his qilmoqda, sizning issiq yuzingiz u uchun juda qadrli. Bolajonning sizni sogʻinishi, siz tomon talpinishi shundan.
Charos Rahimqulovaning ushbu ijod mahsuli turmush tashvishlari bilan ovora biz, kattalarni bola qalbiga yanada yaqinlashtiradi.

