Oleg Tinkov nomi muvaffaqiyat, noodatiy biznes qarorlari hamda tavakkalchilik darajasiga yetadigan jasorat bilan chambarchas bog‘liq. U qayta-qayta ham o‘zini, ham jamoasini jiddiy sinovlarga duchor qiladi. 2019-yilda Tinkoff Bank korporativ mijozlar uchun dunyodagi eng xavfsiz onlayn-bank, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi chakana onlayn-bank deb topildi. Rossiyada noldan boshlab bunday muvaffaqiyatga erishish uchun qanday inson bo‘lish kerak? Oleg Tinkovga bu yo‘lda qanday xarakter xususiyatlari yordam berdi? Yillar davomida uni kimlar qo‘llab-quvvatladi? Kim uning haqiqiy do‘sti bo‘ldi-yu, kim ishiga xalaqit berishga urindi?

