• O'lchami: 130 * 200 мм
• Muallif: Ali Chankirili
• Sahifalar soni: 347
• Muqovasi: Yumshoq
Ali Chankirili
Men bilan
o'ynaysizmi,
OTA
Bugungi kunda bolalarda texnologik o'yinlarga nisbatan
o'rganib va bog'lanib qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu bir
qancha salbiy holatlarni keltirib chiqarmoqda; aqlan va
jismonan rivojlanishdan ortda qolish, xatti-harakatlarini
o'ziga bo'ysundira olmaslik kabilar bolalar salomatligi va
ularning kelajagiga xavf solmoqda.
Uyda va ochiq havoda tengdosh do'stlari, ota-onasi va oila
a'zolari bilan o'ynaladigan an'anaviy o'yinlarni o'ynash
o'rniga, texnika qaramiga aylanib borayotgan bolalar,
«texnologik autizm» kasalligini, ya'ni muloqot qura olmaslik,
o'z fikrini ifoda eta olmaslik kabi muammolarni boshdan
kechiradilar. Bundan tashqari, ko'p vaqtini televizor yoki
kompyuter qarshisida o'tkazadigan bolalarda jismoniy
nuqsonlar orttirilishi kuzatilmoqda.

