Mehmonxona va yotoqxonangizga shohona nafislik va mukammal shinamlik baxsh etuvchi premium darajadagi tayyor parda! Ushbu parda yuqori zichlikdagi, mustahkam va uzoq yillar davomida o‘z sifatini yo‘qotmaydigan matodan maxsus tikilgan. Matoning maxsus zich tuzilishi quyosh nurini to'sadi, yotoqxonada sokin uyqu va mehmonxonada yoqimli salqinlik hamda shinam muhit yaratadi.
Parda yuzasidagi zamonaviy va nafis naqshlar har qanday interyerga — mehmoxona, yotoqxona yoki zalga o‘zgacha stil hamda boy ko‘rinish beradi. Mahsulot balandligi 280 sm bo'lib, kengligi bo'yicha 150 sm, 200 sm va 300 sm variatsiyalarda taqdim etiladi. To'plamda 1 dona parda hamda xuddi shu matodan tayyorlangan qulay va ko'rkam podxvat (ushlagich) mavjud. Matoning rangi va shakli ko'p marotaba yuvilganda ham o'zgarmaydi, quyoshda o'ngimaydi hamda g'ijim bo'lishga chidamli. Uyingiz interyerini yangilash va unga haqiqiy go'zallik bag'ishlash uchun eng to'g'ri tanlov!

