Klassik uslubdagi ushbu dabdabali mebel to'plami mehmonxonangiz va koshonangiz uchun eng mukammal tanlov bo'lib, xonaga o'zgacha shukuh, hashamat va shinamlik bag'ishlaydi. To'plam tarkibiga yaltiroq tekis yuzaga ega bo'lgan katta to'g'ri burchakli stol hamda oltin rangli nafis detallar bilan bezatilgan 12/16
ta yumshoq stul kiradi. Stullarning baland va qulay suyanchig'i muloyim bej rangli baxmal (velyur) mato bilan qoplangan bo'lib, o'rindiq qismidagi nafis naqshlar mebelga qirollarcha ko'rinish beradi. Katta o'lchamdagi stol barcha oila a'zolari va mehmonlarni bayramlar, to'ylar hamda oilaviy uchrashuvlarda bir stoy atrofiga qulay joylashtirish imkonini beradi. Mustahkam yog'och karkas va baquvvat oyoqlar mebelning uzoq yillar davomida ko'rkini yo'qotmay xizmat qilishini hamda mustahkamligini ta'minlaydi. Ushbu klassik mebel to'plami har qanday premium interyerga mos tushadi, xonadon egalarining nozik didini namoyon etadi va har bir ovqatlanish jarayonini haqiqiy rohatga aylantiradi.

