Ushbu mahsulot UZUM Market hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining ijtimoiy loyihasi doirasida taqdim etiladi. Uni davlat tomonidan ajratilgan kafolatlangan mablag‘lar — vaucher asosida, shaxsiy promokod orqali xarid qilish mumkin. Xarid qilish imkoniyati ushbu yordamga muhtoj shaxslar uchun mo‘ljallangan (ihma.uz). Ushbu mahsulot to‘g‘ri qaddi-qomatni saqlashga yordam beradi va yurish jarayonini osonlashtiradi. U reabilitatsiyadan o‘tayotgan bemorlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qo‘shimcha tayanchga muhtoj shaxslar, shuningdek, keksalar uchun mo‘ljallangan. Taqdim etilgan tayanch hassasi balandligi bo‘yicha sozlanadi va turli bo‘yli odamlar uchun mos keladi. Rostlanadigan balandligi 70 sm dan 120 sm gacha. Mahsulotning og‘irligi atigi 400 grammni tashkil etadi. Maksimal yuklama 100 kg gacha. Tayoq mustahkam, sifatli, 100% korroziyaga chidamli materialdan tayyorlangan.

