Medbol Fitness to‘plami — kuch, chidamlilik va koordinatsiyani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan professional sport anjomidir. Maxsus sirpanmaydigan teksturali qoplama tufayli mashg‘ulot vaqtida qo‘ldan chiqib ketmaydi. Turli og‘irlikdagi variantlari (1KG–5KG) mavjud bo‘lib, yangi boshlovchilar ham, professional sportchilar ham bemalol foydalanishi mumkin.
Uy sharoitida ham, sport zalda ham mashq qilish uchun ideal tanlov. Mustahkam materialdan ishlab chiqarilgan bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi.




