• Mustahkamlik va uzoq muddat xizmat qilish. Sifatli plastikdan tayyorlangan bo‘lib, uzoq yillar davomida o‘z xususiyatlari va tashqi ko‘rinishini saqlab qoladi.
• O‘zini o‘zi buruvchi (samorez) mixlari, o’yma izlarini, har xil teshiklarni, shikast o’rinlarini yashirish, chang to’planishidan, mebel ichki qatlamini nam tortishidan himoya qiladi.
• Zamonaviy va nafis dizayn. Mos rang interyerning har qanday uslubi bilan oson uyg‘unlashadi, mebelga yanada tartibli va estetik ko‘rinish beradi.
• Oson o‘rnatish. O‘zi yopishuvchi asos tufayli zaglushkani o‘rnatish atigi bir necha soniya vaqt oladi. Siz bu vazifani hech qanday qiyinchiliksiz mustaqil bajara olasiz.
• Professional natija uchun qimmatbaho furnituraga ehtiyoj yo‘q! O‘zi yopishuvchi zaglushkalar bilan mebel teshiklari va mix izlarini bir zumda yashiring
• Universallik. Ko‘pchilik mebel turlari uchun mos keladi hamda Ø14 mm diametrli teshiklarni yopish uchun mo‘ljallangan. O’ziga mos har xil teksturasi va rangi bilan interyerdagi ko‘rinishda deyarli sezilmaydi
O‘zi yopishuvchi mebel zaglushkalari – bu teshiklarini yashirish uchun qulay va estetik yechim. Ular yordamida mebeldagi o‘zini o‘zi buruvchi mixlar yoki vintlarning izlarini tezda yopish va mebelga yakuniy, tartibli ko‘rinish berish mumkin.
Zaglushkalar turli ranglarda va yog‘och teksturalari ko’rinishida ishlab chiqarilgan, shuning uchun ular LDSP, LMDF va tabiiy yog‘och mebellarda deyarli sezilmaydi. O‘zi yopishuvchi mebel zaglushkalari Ø14 mm. va turli xil ranglarda bo’ladi, bir to’plamda 50 dona — dumaloq stikerlar (knopkalar) mavjud.
Bunday dekorativ stikerlar ayniqsa:
· korpusli mebellar,
· oshxona garniturlari,
· shkaflar, tumbi, javonlar, komodlar,
· ofis mebellari
· boshqa mebellar va eshiklar uchun dolzarb.
Yopishtiriladigan qoplamadagi yopishqoq qatlam zaglushkani qo‘shimcha asbob-uskunalarsiz ishonchli mahkamlaydi. Faqat stikerni toza (artilib quritilgan) yuzaga yopishtirish kifoya.
Mebel zaglushkalari – o‘zini o‘zi buruvchi (samorez) mixlari, o’yma izlarini, har xil teshiklarni, shikast o’rinlarini yashirish, chang to’planishidan himoya qilish hamda dekor sifatida tezkor va eng oson yechimdir.
Zaglushkalar mebelning tashqi ko‘rinishini yaxshilash bilan birga uning xizmat muddatini ham uzaytiradi. Ularni mebel yig‘ish yoki ta’mirlashda ishlatib, qimmatbaho furnituraga pul sarflamasdan professional natijaga erishish mumkin.
Mebel stikerlari (zaglushkalar) – uyni va ofisni tartibli va estetik qilish uchun zarur aksessuardir. Ular oson o‘rnatiladi, mustahkam turadi va mebelga nafis ko‘rinish beradi.
Qayerda ishlatish mumkin:
· DSP, MDF va tabiiy yog‘och mebellarda
· Eski mebelni yangilashda
· Dekorativ element sifatida
· Teshiklarni chang, namlik va kirga qarshi himoya qilish uchun
Sifatli mebel aksessuarlarini tanlang va mebelingizning mukammal tashqi ko‘rinishidan zavqlaning!

