• Chuqur namlantirish – terining suv balansini saqlaydi, qurib qolishni va qattiqlikni oldini oladi.
• Oziqlantirish – terini vitaminlar, minerallar va foydali moddalar bilan boyitadi, unga sog‘lom ko‘rinish beradi.
• Antioksidant himoya – erkin radikallarga qarshi kurashib, erta qarishni oldini oladi.
• Yoshlantiruvchi ta'sir – kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirib, mayda ajinlarni tekislaydi va terini taranglashtiradi.
• Tikrarlanish – hujayralarni tiklashga yordam beradi, terining teksturasini yaxshilaydi, uni yumshoq va silliq qiladi.
• Tinchlantiruvchi ta’sir – tirnash, qizarish va yallig‘lanishni bartaraf etadi, sezgir teri uchun mos.
• Tonus berish – terini yangilaydi, unga tabiiy yorqinlik beradi va rangini tenglashtiradi.
• Yorituvchi ta'sir – teridagi xiralikni yo‘qotadi va yuz rangini yaxshilaydi.
• Antibakterial ta'sir – teshiklarni tozalaydi, husnbuzar va yallig‘lanishlarning oldini oladi.
• Barcha turdagi teriga mos – quruq, yog‘li yoki aralash teri uchun mos universal formula.

Bioaqua yuz niqoblari – bu teri parvarishi uchun mo‘ljallangan maxsus mahsulotlar to‘plami bo‘lib, ular tabiiy ekstraktlar va foydali komponentlar bilan boyitilgan. Har bir niqob terining turli ehtiyojlarini qondiradi va uni yangilash, namlantirish hamda yoshlantirishga yordam beradi.
- Shaftoli niqobi: Shaftoli ekstrakti terini vitaminlar va antioksidantlar bilan boyitadi, hujayralarning qayta tiklanishini rag‘batlantiradi, terining tabiiy rangini yaxshilaydi va unga yorqinlik beradi. Bu niqob namlantiruvchi va oziqlantiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, terini silliq va yangilangan ko‘rinishda saqlaydi.
- Aloe niqobi: Aloe ekstrakti kuchli yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega. U terini chuqur namlantiradi, qizarish va tirnashni kamaytiradi, terining tabiiy muvozanatini saqlashga yordam beradi, ayniqsa sezgir teri uchun ideal.
- Ko‘k rezavor (Blueberry) niqobi: Ko‘k rezavor ekstrakti kuchli antioksidantlarga boy bo‘lib, u terini atrof-muhitning zararli ta’siridan himoya qiladi va erta qarishni oldini oladi. Ushbu niqob terining tuzilishini yaxshilaydi, uni yoshartiradi va teriga yorqinlik beradi.
- Bodring niqobi: Bodring ekstrakti terini tetiklashtiruvchi va sovutuvchi xususiyatga ega. U shishlarni kamaytiradi, qizarish va tirnashni bartaraf etadi hamda terini chuqur namlaydi. Bodring tarkibidagi komponentlar terini yangilaydi va unga tabiiy tetiklik baxsh etadi.
- Avokado niqobi: Avokado ekstrakti yog‘ kislotalari, vitaminlar va minerallarga boy bo‘lib, u terini oziqlantiradi, namlaydi va elastikligini oshiradi. Avokado niqobi terining suv muvozanatini tiklaydi va uni yumshoq hamda porloq qiladi.
- Asal niqobi: Asal tabiiy namlantiruvchi va antiseptik xususiyatlarga ega. U quruq va qurigan terini yumshatadi, tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi va antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Asal niqobi terini chuqur oziqlantirib, uni sog‘lom va yorqin qiladi.
- Anor niqobi: Anor ekstrakti kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu terini yoshartirishga va mayda ajinlarni kamaytirishga yordam beradi. Anor terini vitaminlar va antioksidantlar bilan to‘yintirib, uni tarang, elastik va yangilangan qiladi.