• Yumshoq muqovaa
• O'zbekcha va rus tilida
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab oliy taʼlim muassasalariga talabalarni qabul qilish 🎓 test sinovlari 📑 natijalari asosida amalga oshirilmoqda.
📜 "Taʼlim to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 📝 da ifodalangan talablarga toʻla javob beradigan va bitiruvchilarni test sinovlariga puxta tayyorlaydigan 📖, davlat tilida, lotin alifbosida o‘quv adabiyotlari yaratish hozirgi kunning dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.
🛠️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi so‘nggi yillarda akademik litsey va kasb-hunarga o‘rgatish texnikumlarida taʼlim-tarbiya, o‘quv adabiyotlari yaratish 📚, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish 🧑🏫 ishlarida oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risida bir qator qarorlar qabul qildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2011 yil 14 martdagi 109-raqamli buyrug‘i ham o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
📘 Ushbu uslubiy qo‘llanma ham yuqoridagi ehtiyojlarni qondirish maqsadida “Matematika” 📐 dan yaratilgan bir ishlanmadir. Qo‘llanma umumtaʼlim maktablari 🏫, matematika va aniq fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mo‘ljallab yozilgan.
📚 Ushbu qo‘llanmadan akademik litsey va kasb-hunarga o‘rgatish texnikumlari o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin. Uslubiy qo‘llanmada keltirilgan mavzular matematika fanidan o‘rta maxsus taʼlim dasturini qamrab oladi va bitiruvchilar uchun matematikadan test sinovlariga tayyorlanishda muhim adabiyot vazifasini o‘tashi mumkin.
📈 Uslubiy qo‘llanmaning asosiy maqsadi o‘quvchilarda matematikadan olgan nazariy bilimlarini puxtalash, misol va masalalar yechishda malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, hamda ularda matematik masalalar bilan ishlash mahoratini shakllantirishdan iborat.
🔢 Uslubiy qo‘llanmaning 1-9 boblari “Arifmetika” 📊 ga oid misollarni, 10-14 boblari “Algebra” ➗ ga oid misollarni, 15-16 boblari "Geometriya" 📏 ga oid misollarni, 17-18 boblari esa "Kombinatorika va ehtimollar nazariyasi" 🎲 ga oid misol va masalalarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmaning "Arifmetika va algebra" qismida 2800 ga yaqin test savollari bo‘lib, shulardan 500 ga yaqini yechib ko‘rsatilgan. “Geometriya” qismida 1400 ga yaqin test savollari bo‘lib, ulardan 250 ga yaqini yechib ko‘rsatilgan. "Kombinatorika va ehtimollar nazariyasi" qismida 100 ga yaqin test savollari bo‘lib, shulardan 20 ga yaqini yechib ko‘rsatilgan.
📑 Qo‘llanmada misollarni yechish uchun zarur bo‘lgan nazariy maʼlumotlar qisqacha bayon etilgan, tasdiqlar va formulalar mavzular kesimida keltirilgan. Masalalar tiplarga ajratilgan va topshiriqlar tizimi soddadan murakkabga prinsipi asosida toifalashtirilgan, har bir tipga doir misol yechib ko‘rsatilgan. Muhim o‘rinlarda uslubiy tavsiyalar 📋 berilgan, grafiklar va geometrik shakllar 📐 chizib ko‘rsatilgan.

