D. Karabayeva muallifligidagi «Matematika daftari» o‘quvchilarning matematik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mustahkamlash uchun mo‘ljallangan. Daftarda sonlar, hisoblash amallari, taqqoslash va mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi turli topshiriqlar jamlangan. Mashqlar o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshirishga va olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga yordam beradi. Maktablar, maxsus ta’lim muassasalari va mustaqil ta’lim uchun mos keladi.

