Masudzi Ibuse “Qora yomg‘ir”
Masudzi Ibusening “Qora yomg‘ir” romani ushbu asar insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri — Xirosimaga tashlangan atom bombasi va uning mudhish asoratlari haqida hikoya qiladi.
Romanning bosh qahramoni Yasuko ismli yosh qiz timsolida portlash ortidan kelgan radioaktiv yomg‘ir ostida qolgan va fojia oqibati bilan yashashga majbur bo‘lgan butun bir avlodning taqdiri, yo‘qolib borayotgan umidlari va ruhiy iztiroblari tasvirlangan.
🥀 Muallif asar voqealarini qahramonlarning kundaliklari orqali bayon etar ekan, insoniyat ilgari hech qachon ko‘rmagan va eshitmagan yadroviy ofatning tirik qolganlar hayotidagi og‘ir asoratlarini jonli hamda realistik bo‘yoqlarda ochib beradi.

