• Chuqur perkussion massaj: Muskullarning eng chuqur qatlamlari va fassiyalarga zarbali taʼsir koʻrsatib, ogʻriqni qoldiradi.
• 4 ta professional nasadka: Toʻplamda tananing har bir aʼzosi (orqa, boʻyin, oyoq, boʻgʻimlar) uchun maxsus nasadkalar mavjud.
• Sozlanuvchi tezlik: Koʻp bosqichli tezlik rejimi massaj jadalligini oʻzingizga moslashtirish imkonini beradi.
Siz kun boʻyi ofisda oʻtirasizmi yoki sport zalida qattiq shugʻullanasizmi? Tanangiz ogʻriyaptimi, boʻyin va orqa sohasida qotib qolishni his qilyapsizmi? Bizning perkussion (zarbali) massaj toʻpponchamiz — bu sizning muammolaringizning zamonaviy va samarali yechimidir. Bu nafaqat massajor, balki muskullarni tiklash va fassiyalarni boʻshashtirish uchun professional apparatdir.
Oddiy vibratsiyali massajorlardan farqli oʻlaroq, ushbu massaj toʻpponchasi muskullarning chuqur qatlamlariga qisqa, tez va kuchli zarbalar yuboradi. Bu zarbali taʼsir muskul tolalarini chuqur uqalashga, qon aylanishini yaxshilashga va laktat kislotasini haydashga yordam beradi.
Koʻpincha ogʻriq va qotish sababi muskulning oʻzi emas, balki uni oʻrab turgan fassiya (biriktiruvchi toʻqima)ning taranglashishi yoki yopishishi boʻladi. Mahsulotimiz fassiyalarga taʼsir koʻrsatib, ularni ajratadi, elastikligini tiklaydi va tanangizni harakatchanligini oshiradi. Bu professional sportchilar va oʻtirib ishlaydiganlar uchun zarur gadjetdir.
Bu massaj apparati — oʻzingizga yoki yaqinlaringizga, sportchilarga, ota-onalarga har qanday bayram uchun eng yaxshi sovgʻadir. Oʻz sogʻligʻingizga gʻamxoʻrlik qiling va tanangizga haqiqiy yengillik hadya eting!


