MAKS DRIV (MAX DRIVE) — Katta oʻlchamdagi masofadan boshqariladigan yoʻltanlamas mashina
Ushbu oʻyinchoq mashina har qanday murakkab yoʻllarni osongina zabt etish uchun moʻljallangan haqiqiy yoʻltanlamas (off-road) va tryuk mashinasidir. 1:8 kattalashtirilgan masshtabda ishlangan boʻlib, nafaqat bolalar, balki pultli mashinalarga qiziquvchi kattalar uchun ham zoʻr sovgʻa boʻla oladi.
Asosiy xususiyatlari va afzalliklari:
- 1:8 Kattalashtirilgan masshtab: Mashina katta oʻlchamlarga ega (Uzunligi: 46 cm | Eni: 36 cm | Boʻyi: 24 cm), bu unga yanada mahbatli va haqiqiy koʻrinish beradi.
- Toʻrt gʻildirakli yurish tizimi (4WD): Barcha 4 ta gʻildiragiga tortish kuchi uzatilgani sababli qum, tosh, loy va hatto togʻli va qiya joylarda ham toʻsiqsiz harakatlanadi.
- Mustahkam osma (amortizatsiya) tizimi: Har bir gʻildirak alohida purjinali amortizatorlar bilan jihozlangan. Bu mashinaning balandlikdan tushganda yoki gʻadir-budur yoʻllarda zarbalarni osongina yutishini ta'minlaydi.
- 2.4 GHz Masofadan boshqaruv pulti: Zamonaviy radio-pult texnologiyasi tufayli signal uzilishlarisiz uzoq masofadan boshqarish imkonini beradi. Boshqa pultli mashinalar bilan bir vaqtda poyga qilganda ham signallar bir-biriga xalaqit bermaydi.
- Yorqin LED chiroqlar: Mashinaning tom qismiga oʻrnatilgan kuchli LED chiroqlari unga kechki payt va qorongʻi joylarda ham ajoyib koʻrinish hamda poyga kayfiyatini bagʻishlaydi.
- Yumshoq va katta protektorli gʻildiraklar: Yuqori sifatli rezina shinalar yoʻl bilan muahkam tishlashuvni ta'minlaydi va sirpanib ketishning oldini oladi.