Avtomobilingiz salonida nafaqat toza havo, balki o'ziga xos uslub yaratishni xohlaysizmi? Unda "Oltin Snitch" (Garri Potter) shaklidagi premium avto aromatizator aynan siz uchun! Ushbu noyob avto diffuzor oddiy asvejitel emas, balki sevimli avtomobilingiz interyeriga sehrli joziba bag'ishlovchi zamonaviy aksessuardir.
Yo'lda ketayotganda yoqimli ifor insonga qanday yaxshi ta'sir qilishini hammamiz bilamiz. Mahsulotimiz moshina ichidagi har qanday yoqimsiz hidlarni osongina neytrallashtiradi. Uning tarkibidagi yuqori sifatli xushbo'y moddalar tufayli salon uzoq vaqt davomida toza va musaffo bo'lib turadi.
"Oltin Snitch" dizayni ayniqsa Garri Potter olami fanatlari uchun chinakam kashfiyotdir. U avtomobilning konditsioner panjarasiga (deflektoriga) osongina o'rnatiladi. Havo oqimi harakatlanganda uning ifori butun salon bo'ylab bir tekis tarqaladi. Qanotli dizayn harakatlanayotgan avto ichida go'yoki haqiqiy snitch uchayotgandek tasavvur uyg'otadi. Agar yaqiningizga, do'stingiz yoki hamkasbingizga nima sovg'a qilishni bilmayotgan bo'lsangiz, bu avto atir eng ideal va esda qolarli tanlov bo'ladi.
Mahsulotning afzalligi shundaki, u faqat bir martalik emas. Zaxira hid tugaganidan so'ng, o'zingizga yoqqan har qanday efir moyi yoki atirni tomizib, asvijitildan yillar davomida qayta foydalanishingiz mumkin. Materiallari sifatli, oftobda qizib ketmaydi va rangi o'chmaydi, doimo yaltirab turadi.



Xususiyatlari:

