Avtomobil o'rindig'i orasidagi non ushoqlari, divan chetidagi chang, klaviatura tugmalari orasidagi kir, oynadagi mayda chang: katta changyutgich bunga yaramaydi, bu esa aynan shuning uchun. Simsiz, 840 g, bir qo'lda ishlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
- Cho'tkasiz motor, 80 000 ayl/min: kuchli so'rish, uzoq xizmat.
- 2 rejim: iqtisodiy 8000 Pa (26 daqiqagacha), kuchli 17000 Pa (14 daqiqagacha).
- So'rish va puflash: nasadkani orqa portga o'tkazsangiz, puflaydi. Klaviatura, kompyuter ventilyatori, avtomobil panelidagi changni chiqaradi, matras va o'yinchoqlarni shishiradi.
- HEPA filtr: mayda changni ushlab qoladi, yuviladi.
- Chang idishi bir harakatda ochiladi, ichidagini to'kib yuvib qo'yasiz.
- Type-C zaryad: istalgan telefon zaryadlagichi yoki avtomobil USB portidan zaryadlanadi, 4.5 soat.
- LED chiroq: o'rindiq osti va qorong'i burchaklarda ishlashga yordam beradi.
- Shovqin 70 dB gacha.
Nima uchun qulay:
- Avtomobil: o'rindiq, gilamcha, bagaj, panel oralig'i, shlang bilan tor joylarga yetadi.
- Uy: divan, karavot, kitob javoni, deraza tokchasi, oshxona stoli.
- Ish stoli: klaviatura, printer, kompyuter korpusi (puflash rejimi).
- Uy hayvonlari: divan va gilamchadagi jun.
Muhim: faqat quruq tozalash uchun. Suv, suyuqlik, kul, shisha siniqlari va cho'g'ni so'rmang, filtrsiz ishlatmang.
Texnik ma'lumotlar:
- Model: ST-126 Plus
- Motor: cho'tkasiz, 80 000 ayl/min
- So'rish kuchi: 8000 Pa / 17000 Pa (2 rejim)
- Quvvat: 35 W / 65 W
- Batareya: litiy-ionli, 2000 mAh, 11.1 V (3 element)
- Ish vaqti: 26 daqiqagacha (iqtisodiy), 14 daqiqagacha (kuchli)
- Zaryad: Type-C, 5 V / 2 A, taxminan 4.5 soat
- Filtr: HEPA, yuviladigan
- Shovqin: 70 dB gacha
- Material: ABS plastik
- Kabel uzunligi: 0.8 m
- Qadoq o'lchami: 34.5 x 8.5 x 16.8 sm
- Og'irligi (qadoq bilan): 840 g
- Rangi: qora / kulrang



