Mary Kay® Gel yaltiroq lab bo‘yog‘i gel mikrosfera texnologiyasi asosida yaratilgan. Ushbu innovatsion texnologiya lablarni quritmasdan, boy va uzoq saqlanadigan rangni ta’minlaydi. Kremniy dioksidi mikrosferalari rangni lablarda mustahkam ushlab turadi.
Yengil gel formulasi lablarga silliq va bir tekis surtiladi, ularni yumshoq hamda elastik qiladi. Qopqoqning shaffof oynachasi sevimli rangingizni sumka yoki kosmetik xaltachadan tez va oson topishga yordam beradi.
Yorqin va mukammal rang
Ultra mayda pigmentlar lab bo‘yog‘iga bir tekis, to‘yingan va yorqin rang beradi. Yarim shaffof gel asosi bo‘yoqning silliq surtilishini va mukammal qoplanishini ta’minlaydi.
Uzoq muddatli chidamlilik
Innovatsion “Cushion Matrix” texnologiyasi va ultra mayda kremniy dioksidi zarrachalari tufayli lab bo‘yog‘i rangini uzoq vaqt saqlab qoladi.
Silliqlovchi ta’sir
Tarkibidagi yorug‘likni aks ettiruvchi zarrachalar lab yuzasidagi mayda notekisliklarni vizual ravishda tekislaydi va ularni yanada jozibador ko‘rsatadi.
Nozik parvarish
Lab terisi namlikni tez yo‘qotishga moyil. Formula tarkibidagi kungaboqar urug‘i yog‘i va jojoba yog‘i lablarni namlantiradi, oziqlantiradi va ularni yumshoq hamda mayin saqlashga yordam beradi.

