Mary Kay® Gel mat lab bo‘yog‘i — brendning gel (mikrosfera) texnologiyasi asosida yaratilgan ilk mat lab bo‘yog‘idir. Ushbu innovatsion texnologiya lablarni quritmagan holda uzoq saqlanadigan va to‘yingan rangni ta’minlaydi. Yuqori pigmentli formula lab konturini yanada aniq va ifodali ko‘rsatadi. Yengil gel teksturasi lablarga bir tekis surtilib, ularga mayinlik baxsh etadi va mayda kamchiliklarni yashiradi. Qopqoqdagi shaffof oynacha esa kerakli rangni tez va oson topishga yordam beradi.
Jozibador ranglardan birini tanlab, o‘z uslubingizni yanada nafis va yorqin namoyon etishingiz mumkin!
Rangning yorqinligi va oson surtilishi
• Ultra mayda pigmentlar lablarda mutlaqo tekis va to‘yingan rang hosil qiladi.
• Yarim shaffof gel asos pomadaga silliq surtilish va boy rang beradi.
Uzoq muddatli bardoshlilik
• Innovatsion “Cushion Matrix” texnologiyasi va ultra mayda kremniy dioksidi zarrachalari tufayli pomada uzoq vaqt davomida o‘z rangini saqlab qoladi.
Silliqlovchi effekt
• Tarkibidagi yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalar lab yuzasini vizual ravishda silliqlaydi, mayda notekislik va nuqsonlarni yashirib, lablarga yanada chiroyli ko‘rinish beradi.

