Rangning uzoq saqlanishi, nozik parvarish va oson surtish — bu yilning eng kutilgan yangiligi!
Gel asosidagi mat lab bo‘yog‘i rangni uzoq vaqt saqlaydi va shu bilan birga lab terisini quritmaydi.
Formula tarkibida mikrosfera zarrachalari mavjud bo‘lib, ular pomadaning teksturasini yaxshilaydi, unga mat effekt va boy rang beradi.
Gel formulasi tufayli pomada lablarga bir tekis surtiladi va ularga mayinlik hamda yumshoqlik baxsh etadi.
Gel asosidagi mat lab bo‘yog‘i — Mary Kay® brendining gel texnologiyasi (mikrosferalar) asosida yaratilgan ilk lab bo‘yog‘idir. Ushbu texnologiya lab terisini quritmasdan, uzoq saqlanuvchi va to‘yingan rangga erishish imkonini beradi.
Rangga boy formula lablarga aniq va ravshan ko‘rinish beradi. Yengil gel formulasi lablarga bir tekis surtilib, ularga yumshoqlik baxsh etadi hamda mayda kamchiliklarni yashiradi. Qopqoqdagi shaffof oynacha kerakli tusni osongina ko‘rish va tanlashga yordam beradi.
Jozibador tuslardan birini tanlab, o‘z obrazingizni yanada chiroyli va nafis tarzda ta’kidlashingiz mumkin!

