Kitob a’lo holatda. Savol-javoblar shaklida tuzilgan ushbu asar dunyodagi yetakchi strategik marketing mutaxassislaridan biri va zamonaviy marketologlar uchun ustoz hisoblangan Filip Kotlerning bilim va ko‘p yillik tajribasini o‘zida jamlagan. Ushbu kitobni o‘qish orqali marketing mutaxassislariga muvaffaqiyatga erishish uchun qanday ko‘nikmalar zarurligi, kompaniyalar marketing samaradorligini qanday baholashi mumkinligi, iqtisodiy pasayish davrida qaysi marketing strategiyalari eng maqbul ekanligi, globallashuv va yangi texnologiyalar ta’sirida marketingning roli qanday o‘zgarayotgani hamda marketing bo‘limlarini kelajakda nimalar kutayotgani haqida bilib olishingiz mumkin.

