Qotishmadan tayyorlangan marjon, mushuk kozi Linde toshlari bilan. Tosh yuzasi nurga qarab yumshoq tovlanadi. Marjon sodda kesimdagi kiyim va bir rangli mato bilan yaxshi turadi, asosiy diqqat aksessuarga tushadi. Ziraklarni kichik va bosiq tanlagan maqul. Toshlar va qotishma namlik hamda atirni yoqtirmaydi, shuning uchun dush va uyqudan oldin yechib oling. Quruq yumshoq mato bilan artib, futlyarda yoyib saqlang, shunda marjon chalkashmaydi.

