Marjon mis asosda tayyorlangan, ustidan 18 karat tilla yugurtirilgan, bezagida fianitlar bor. Fianit qirralari nurni qaytaradi, shuning uchun taqinchoq kechqurun ham ajralib turadi. Uni bir rangli koylak, bluzka yoki trikotaj kiyim bilan taqish yaxshi: kiyim sodda tanlansa, yaltirash yaqqol seziladi. Tilla rangdagi ziraklar ham mos keladi. Uxlashdan va suv muolajalaridan oldin marjonni yeching, atir va soch laki kristallarga tegmasin, alohida xaltachada saqlang.

