Marjon mis asosda yigilgan, yuzasi 18 karat sariq tilla yugurtirilgan, bezagida fianit toshlari yorqin uchqun beradi. Bu tantana uchun taqinchoq: nikoh bazmi, yubiley va oilaviy bayramga mos. Uni bir rangli va ochiq yelkali libos bilan taqish qulay, ziraklar bir xil sariq rangda va ortiqcha yirik bolmasa yaxshi. Bayramdan song marjonni quruq yumshoq mato bilan arting, dush va uyqudan oldin yeching, toshlar tirnalmasligi uchun alohida qutida saqlang.

