Kitob haqida:
Mo‘jizalar mamlakati Qirmizi malikaning nomi tilga olinganda titray boshlaganidan ancha oldin, hokimiyat va boylik haqida emas, muhabbat haqida orzu qiladigan bir qizaloq yashagan ekan. Shuningdek, u kichik novvoyxona ochishni ham orzu qilardi. Ammo onasi uni manfaatli nikohga majburlab qo‘yadi. Orzular ro‘yobga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaganda nima bo‘lishi haqida hikoya. Aqldan ozgan malikalar qanday paydo bo‘lishi haqida. Ammo sehr-jodu jinnilik bilan yonma-yon yashaydigan Mo‘jizalar mamlakatida taqdir tanlov qoldirmaydi. Muhabbat, orzularning puchga chiqishi va bir kun kelib Mo‘jizalar mamlakatining eng shafqatsiz malikasiga aylanadigan qiz haqidagi hikoya.

