Dekorativ sun'iy barglar (liana) – uy, ofis va turli tadbirlar uchun chiroyli dekor elementi hisoblanadi. Yashil barglarning tabiiy ko‘rinishi interyerga yangilik va nafislik qo‘shadi. Ushbu sun'iy o‘simliklar sifatli materialdan tayyorlangan bo‘lib, uzoq vaqt davomida o‘z rangini saqlab qoladi.
Sun'iy barglar devor bezagi, fotosessiya fonlari, to‘y dekoratsiyasi, kafe va restoran interyerlari uchun juda mos keladi. Ularni devorga, eshik atrofiga yoki turli dekor konstruktsiyalariga osib qo‘yish mumkin.
Mahsulot to‘plamida 12 ta liana, har birida 36 ta barg (36х12=432) mavjud. Har bir liananing uzunligi 220 sm bo‘lib, katta dekor yaratish uchun juda qulay.
✔ Tabiiy barglarga o‘xshash realistik dizayn
✔ Ranglari uzoq vaqt saqlanadi
✔ Parvarish talab qilmaydi
✔ Uy va tadbirlar dekoratsiyasi uchun mos

