• Issiqlikni teng taqsimlovchi qalin taglik
• Mustahkam va qulay tutqichlar
• Manti va boshqa taomlar uchun mos
• 4 qavatli, katta sig‘imli dizayn
• Zanglamaydigan yuqori sifatli po‘lat

Oshxonangiz uchun ideal yordamchi — 4 qavatli zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan mantiqozon. Endi mantini tez, bir tekis va mazali bug‘da pishiring. Katta hajmi tufayli bir vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda taom tayyorlash mumkin — mehmonlar yoki katta oila uchun ayni muddao.
Yuqori sifatli nerjaveyka po‘lat zanglamaydi, hid singdirmaydi va uzoq yillar xizmat qiladi. Qalin taglik issiqlikni teng taqsimlaydi, mustahkam tutqichlar esa qulay va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydi.
Manti, xonim, sabzavot va boshqa bug‘da pishiriladigan taomlar uchun mukammal tanlov. Sog‘lom va mazali taom tayyorlash endi yanada oson!

