Uy bekalari yoqtiradigan bo'tqani bo'laklarsiz pishirish uchun katta tajriba kerakligini yaxshi bilishadi. Lekin ushbu premium manniy yormasi bilan hatto oshxonada yangi boshlovchilar ham uni mukammal tayyorlay oladilar. Qattiq bug'doy navidan tayyorlangani sababli yorma o'ziga xos oltin, "quyoshli" rangga ega.

Idishga kerakli miqdorda yorma (1 kishiga 2 osh qoshiq) solinadi.
So'ng ustidan sovuq suv quyiladi (2 osh qoshiq yormaga 1 stakan) aralashtiriladi.
So'ng uni o'rtacha olovda 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynayotgan davrda aralashtirib turiladi.
So'ng sut quyiladi va qaynatishda davom ettiriladi. Qaynash davomida aralashtirib turiladi (5-7 daqiqa).
Shu davrda ichiga ta'mga ko'ra saryog', tuz, shakar solinadi.
YOQIMLI ISHTAXA!
Ozuqaviy qiymati va qo‘shimcha ma'lumotlar
100 g mahsulotning ozuqaviy qiymati:
Oqsillar (Белки): 10,3 g
Uglevodlar (Углеводы): 68,0 g
Kkal (Калорийность): 328 kkal

