Mandal triyelnik bu – polietilen quvurlarni uch yo‘nalishda birlashtirish uchun mo‘ljallangan maxsus uch tarmoqli fitting bo‘lib, yuqori bosimli sug‘orish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Qizil mandalli qulflash tizimi tufayli quvurlarni mahkam ushlab turadi va suv oqishini butunlay oldini oladi. Yengil o‘rnatiladi, zanglamaydi va uzoq yillar xizmat qiladi. Ushbu triyelnik bog‘, issiqxona, dala va tomorqalarda tomchilatib hamda yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarida quvurlar tarmoqlarini ajratish yoki yangi yo‘nalishga ulash uchun juda qulay.

