Ma’naviy intellekt (SQ) - har birimizda mavjud bo‘lgan "oliy intellekt" va baxtning yetishmayotgan elementidir.
Uni rivojlantirish - o‘z-o‘zini anglash yo‘lida ajoyib sayohatga chiqish demakdir. Senga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan va seni cheklab, to‘xtatib turgan narsalarni tushunish. Dunyongni toraytiradigan qo‘rquvlar bilan kurashish va hayot seni muvozanatdan chiqarsa, tezda o‘zingni tiklab olish. Narsalarning mohiyatiga yetishish va aql, tana va ruh o‘rtasida muvozanatga erishish.
Professional psixoterapevt Jo Boulbining ilhomlantiruvchi kitobi erkinlik va hayotiy donolikni hadya etadi.

