Taʼrifi
MAMA Box (omiladorlik
Eng muhimi haqida g‘amxo‘rlik qiladi!
Siz g'aroyib ahvoldasiz: organizmingiz ikki kishi uchun ishlaydi va sizning ichingizda yangi hayot - yangi dunyoyingiz o'sib bormoqda!
Ayni paytda, ratsionni ozuqaviy moddalar bilan boyitishga e'tibor berish har qachongidan ham muhimroqdir. Bunda sizga sifatli vitamin-mineral kompleksi MAMA Box Homiladorlik yordam beradi – uning formulasi bo‘lajak ona va bolaning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha muhim moddalarga boy.
Bo'lajak onalar uchun eng yaxshisi
• Rux (rux sitrati)
Hujayralarning bo‘linishi va differensiallanishida ishtirok etadi, tug‘ma nuqsonlarning oldini oladi, immun tizimining shakllanishiga yordam beradi.
• L-metilfolat
Folat sikli genlarining polimorfizmi mavjud bo‘lgan taqdirda ham o‘zlashtiriladigan yuqori faol va biologik mavjud shakldagi foliy kislotasi. DNK sinteziga ta'sir qiladi, homilada jiddiy patologiyalar yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi, bolaning asab va yurak-qon tomir tizimlarining rivojlanishi uchun javobgardir.
• Fukus ekstraktidan olingan yod
Yod ona qalqonsimon bezining faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi, uning yetishmasligi esa homiladorlik davrida bola rivojlanishida patologiyalarga olib kelishi mumkin.
• Temir (temir fumarati)
Anemiya rivojlanishining oldini oladi va hujayralarni kislorod bilan ta'minlash uchun javob beradi, yo'ldoshninh normal holatini saqlashda muhim rol o'ynaydi.
• E vitamini (dl-alfa-tokoferol atsetati)
To'qimalarning nafas olishini va almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi, tromb hosil bo'lish xavfini kamaytiradi; teri, sochlar va tirnoqlarning go'zalligini saqlaydi.
• D3 vitamini (xolekaltsiferol)
Bolaning suyak to'qimasini shakllantirishda ishtirok etadi, kaltsiy va fosforning to'g'ri so'rilishini ta'minlaydi.
• DGK (dokozageksan kislotasi)
Bolaning ko'rish qobiliyati va uning asab tizimining shakllanishi bevosita uning ona qornidagi rivojlanish davrida qancha DGK olganiga bog'liq.
• A vitamini (retinol palmitati)
Bolada ko'rish funktsiyasining rivojlanishiga yordam beradi va yo'ldoshni mustahkamlaydi.
Onaning sochlari, tirnoqlari, terisining salomatligi va yaxshi ko'rish qobiliyatini qo'llab-quvvatlaydi.
• K1 vitamini (filloxinon)
Qon hosil bo'lish tizimini tartibga soladi, kattalar va bolalarda normal qon ivishi uchun zarurdir. Qon ivishi va tromb hosil bo‘lishini tartibga soluvchi oqsillarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
• В Guruhi vitaminlari
B1 (tiamin) almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, ayniqsa markaziy asab tizimi, yurak va ovqat hazm qilish trakti uchun muhim hisoblanadi.
B2 (riboflavin) energiya almashinuvida, qon hujayralari, asab tizimi, teri va shilliq pardalarning hosil bo'lishida ishtirok etadi. Ko'rish qobiliyatining holati va buyrak usti bezining ishlashiga ta'sir qiladi.
B5 (pantotenli kislota) asab tizimi va moddalar almashinuvi jarayonini normallashtiradi, ona terisi va sochlarining holatini yaxshilaydi.
B6 (piridoksin) gemoglobin sintezini, glyukoza darajasini va kislota-ishqor gomeostazini qo‘llab-quvvatlaydi. Toksikoz belgilarini kamaytiradi, agar bachadon tonusi yuqori bo‘lsa, uni pasaytirishga yordam beradi.
B12 (tsianokobalamin) hujayralar bo‘linishida ishtirok etadi, ona va bolaning normal uxlashi, immunitet, shuningdek, jinsiy a'zolarining shakllanishi uchun zarurdir.
• C vitamini (askorbin kislotasi)
Terining elastiklik xususiyatini oshiradi, cho'zilish belgilarining paydo bo'lish xavfini kamaytiradi (kengayish), infektsiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi va toksinlarni zararsizlantiradi, bu ayniqsa homiladorlik davrida muhimdir. Temirning so'rilishini yaxshilab kamqonlik kasalligining rivojlanishini oldini oladi. Bola to'qimalarining shakllanishida ishtirok etadi, yo'ldoshning qon tomirlarini mustahkamlaydi, yo'ldoshning ko'chish xavfini kamaytiradi.
• Vitamin PP
Tomirlardagi spazmni kamaytiradi, uyqusizlik va bosh og'rig'idan xalos bo'lishga yordam beradi, qon aylanishini normallashtiradi.
• Selen (selenometionin)
Kuchli antioksidant bo'lib, organizmning epiteliya va biriktiruvchi to'qimalarini erkin radikallar tomonidan zararlanishidan himoya qiladi. Shishlar, kechki toksikoz va qon bosimi ortishining oldini oladi.
• Marganets (asparaginat)
Qon hosil bo'lish va nafas olish jarayonlarida ishtirok etadi, ona va bola skeletining shakllanishi va saqlanishiga ta'sir qiladi.
• Mis (mis asparaginati)
Elastin sintezida ishtirok etadi, uning etishmovchiligida tomirlar elastikligi va bosimni me'yorda ushlab turish qobiliyatini yo'qotadi. Bolalarda psixomotor rivojlanishning kechikishiga to'sqinlik qiladi va anemiyani oldini oladi.
• Kalsiy (kalsiy karbonati)
U homilaning tayanch-harakat tizimini shakllanishi uchun zarur, ona tishlarining salomatligi, shuningdek qon ivishining normal darajasini saqlab qoladi.
• Magniy (magniy tsitrati)
U gestoz va bosim ko'tarilishining oldini olish uchun zarur, homiladorlik qandli diabetining rivojlanishini oldini oladi, bachadonning tonusini yaxshilaydi. Bo'lajak onaga stress va charchoqni yengishga yordam beradi, homilaning rivojlanish suratlarining kechikishini oldini oladi.
Kimlar uchun mo‘ljallangan?
– Homilador ayollar uchun.
– Homiladorlikni rejalashtirayotganlar uchun.
Har bir paketchada:
• 12 vitaminlar
Organizmning muhim moddalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplaydi.
• 8 minerallar
Bolaning miyasi, eshitish va ko‘rishining rivojlanishiga ta’sir qiladi, ona va bola qon aylanishini me’yorlashtiradi.
• AID* ning 60% DGK
Bolaning miyasi, asab tizimi va ko'rish organlarining to'g'ri shakllanishi uchun qimmatli dokozageksaen kislota (DGK).
* АУП – AID – MR 2.3.1.2432-08 "Rossiya Federatsiyasi aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqaviy moddalarga fiziologik ehtiyoji meʼyorlari"ga muvofiq homiladorlik davrida ayollar uchun adekvat isteʼmol darajasi.
Qoʻllanilishi
Kuniga bir marta
Bitta paketni oling
Uni ovqat bilan isteʼmol qiling
Ko‘krak suti bilan emizishning butun davri davomida kursni qabul qilish mumkin. Mahsulotni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur.

