«Malika Ayyor» — o‘zbek xalq og‘zaki ijodi xazinasidagi dostonlardan biri. Milliy qahramonlik va jasorat ruhi, insonning ma’naviy izlanishlari hamda falsafiy-tasavvufiy ohang kitobxonni xalqimizning boy adabiy merosi bilan tanishtiradi. Doston aytuvchisi — Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, yozib oluvchi — Muhammadisa Ernazar o‘g‘li. Farrux Jabborov ixchamlashtirib nashrga tayyorlagan.

