• Material: PU qoplamali poliester, neylon, tekstil
• Balandligi: 50 sm
• Kengligi: 32 sm
• Chuqurligi: 13 sm
Erkaklar va o‘smir bolalar uchun shahar ryukzagi. Klassik ryukzak maktabga, ishga, universitetga, shahar bo‘ylab sayr qilish, turizm va sayohatlar uchun mos. Sifatli va mustahkam materiallari sababli har kuni foydalanish uchun qulay.
Suv o‘tkazmaydigan qoplamali matodan tayyorlangan, mustahkam zamoklari bor. Orqa qismi havo o‘tkazadigan matodan qilingan. Yelkaga taqiladigan keng tasmalari to‘rli mato bilan qoplangan.
Ryukzakda 2 ta katta bo‘lim bor. Ichida 17 dyuymli noutbuk yoki planshet uchun alohida joy, tashqarisida zamokli cho‘ntak va ichki bo‘luvchi cho‘ntaklar mavjud.
Maktab uchun ryukzak yetarlicha katta: ichiga daftarlar, darsliklar, almashtirib kiyiladigan oyoq kiyim va sport kiyimlarini joylash mumkin. Yon tomonlarida suv idishi va soyabon uchun 2 ta to‘rli cho‘ntak bor.


