Ushbu 13 dona kistadan iborat to'plam har bir ayol va qizning pardoz stolida hamda kosmetichkasida bo'lishi kerak bo'lgan universal vositadir. Maxsus yumshoq matoli chexol-organayzer har bir kistani alohida hoshiyada tartibli va toza saqlash imkonini beradi. Ipagi kabi yumshoq tuklar: Yuqori sifatli gipoallergen sintetik tuklari terini ta'sirlantirmaydi, kosmetik vositalarni ortiqcha shimib olmaydi va tejamkor sarflaydi. Qulay chexol-organayzer: Yumshoq g'ilof kistalarni changdan asraydi, buklanganda juda oz joy oladi hamda safarga, o'qishga yoki ishga olib yurish uchun juda qulay. Har bir kista o'z vazifasiga ega: Pudra, rumyana, yuz shaklini berish (konturing), ten yoyish, qoshlarni shakllantirish va kipriklarni tarash uchun to'liq jamlanma. Ergonomik dasta: Yengil va ushlashga qulay dastasi pardoz jarayonini yanada oson va yoqimli qiladi.

