Ushbu makiyaj sponjlari to‘plami kundalik va professional foydalanish uchun mo‘ljallangan. Nabor ichida turli shakldagi 10 ta sponj va aplikatorlar mavjud bo‘lib, ular tonal krem, konsiler, pudra va boshqa kosmetik vositalarni bir tekis surtishga yordam beradi. Yumshoq va elastik material teriga zarar yetkazmaydi, makiyajni tabiiy va silliq ko‘rinishda ta’minlaydi. Har xil shakllar yuzning turli qismlariga qulay moslashadi – katta yuzalar, burun atrofi yoki ko‘z osti uchun alohida ishlatish mumkin.



