• Makgonigal K. Sila voli. Qanday rivojlantirish va mustahkamlash mumkin
Jismoniy salomatlik, moliyaviy holat, atrofidagilar bilan munosabatlar va professional muvaffaqiyat iroda kuchiga bog‘liqligi — ma’lum haqiqat. Ammo nega bizga ko‘pincha aynan shu iroda kuchi yetishmaydi: bir lahzada o‘zimizni qo‘lga olamiz-u, boshqa bir onda tuyg‘ular asiriga aylanib, nazoratni yo‘qotamiz?
Stenford professori Kelli Makgonigal eng yangi tadqiqotlar natijalarini umumlashtirgan holda, zararli odatlarni foydali odatlarga qanday almashtirish, ishlarni oxirgi daqiqaga surishni qanday to‘xtatish, diqqatni jamlash va stressni yengishni o‘rgatadi. Makgonigal metodikasi bo‘yicha o‘zingizda iroda kuchini tarbiyalash hayratlanarli darajada oson kechadi — buning nima uchun kerakligi muhim emas: ozish, chekishni tashlash, sport bilan shug‘ullanish, har besh daqiqada pochtani tekshirishni to‘xtatish yoki yangi ish topish. Siz o‘z imkoniyatlaringizga qanchalik past baho berishingizni tasavvuringizga ham keltira olmaysiz!

