Maison Margiela uslubidagi “Numbers” printi bilan bezatilgan oversize futbolka — konseptual dizayn va kundalik qulaylik uyg‘unligi. Model 100% tabiiy paxtadan tayyorlangan bo‘lib, teriga yoqimli, nafas oluvchi va uzoq vaqt kiyilganda ham qulaylikni ta’minlaydi. To‘g‘ri parvarish qilinganda mato shaklini saqlaydi va tez eskirmaydi.
Oversize / relaxed fit bichimi zamonaviy streetwear siluetini yaratadi va harakatni cheklamaydi. Futbolka shahar garderobiga oson moslashadi: jinsi, cargo shim, keng bichimli shim yoki shortiklar bilan kombinatsiya qilish mumkin. Oq rang esa obrazni universal qiladi — minimalistik hamda yanada jasur kombinatsiyalar uchun mos keladi.
Orqa tomondagi “Numbers” printi Maison Margiela estetikasiga ishora qiladi: anonimlik, dekonstruksiya va individual uslub g‘oyalarini aks ettiradi. Bu shunchaki bezak emas, balki modani tushunadiganlar uchun tanish vizual kod. Logotiplar bilan haddan tashqari to‘ldirilmagan, lekin xarakterga ega dizaynni qadrlaydiganlar uchun mos.
Shahar hayoti, sayrlar, do‘stlar bilan uchrashuvlar va kundalik kiyim uchun amaliy tanlov. Uniseks model bo‘lib, turli tana tuzilishlariga mos keladi. Yakka holda kiyish yoki kurtka, xudi, pиджak ostidan layer sifatida ham qulay.

