MagSafe texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan zamonaviy silikon iPhone g‘ilofi telefoningizni zarba va tirnalishlardan himoya qiladi.
G‘ilof yumshoq va elastik silikon materialdan tayyorlangan bo‘lib, telefon korpusini tirnamaydi va qo‘lga juda qulay ushlanadi.
Orqa qismidagi to‘qilgan teri effektli dizayn g‘ilofga zamonaviy va chiroyli ko‘rinish beradi. Ichki MagSafe magnit halqasi orqali simsiz zaryadlash tez va qulay ishlaydi.
Kamera atrofidagi himoya bortiklari kamerani stolga qo‘yilganda tirnalishlardan saqlaydi.
✔ MagSafe bilan to‘liq mos keladi
✔ Yumshoq silikon – telefonni tirnamaydi
✔ To‘qilgan teri dizayni
✔ Yumshoq va qulay bosiladigan knopkalar
✔ Kamera uchun himoya bortigi
✔ Engil va mustahkam

