Farzandingiz uchun foydali va maroqli o’yin qidiryapsizmi?
Magnit Baliq Ovlash to’plami bolalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga yordam beradi. Bola magnitli qarmoq yordamida baliqlarni tutib, diqqatini jamlashni, qo’l harakatlarini boshqarishni va muvofiqlashtirishni o’rganadi.
Rang-barang baliqchalar bolaga ranglarni ajratish va sanashni ham o’rgatadi. O’yinni bir nechta bola birgalikda o’ynashi mumkin, bu esa muloqot qilish va navbat kutish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Mahsulot sifatli va BPA Free plastmassadan tayyorlangan bo’lib, bolalar uchun xavfsiz hisoblanadi.
Tug’ilgan kun, bayram va boshqa quvonchli kunlar uchun ajoyib sovg’a

