MacBook uchun maxsus ishlab chiqilgan klaviatura qoplamasi sizning qurilmangizni to‘liq himoya qiladi. U klaviaturani chang, axloqsizlik, suyuqlik to‘kilishi (qahva, choy, sut va hokazo), tugmalarning tez eskirishi hamda boshqa tashqi ta’sirlardan asraydi. Silikon materialdan tayyorlangan bo‘lib, yupqa, moslashuvchan va shaffofligi tufayli tugmalardagi belgilar yaxshi ko‘rinib turadi. O‘rnatish va olib tashlash juda oson, yozishda xalaqit bermaydi va MacBook’ning asl dizaynini saqlab qoladi. Tozalash ham oson – uni suv ostida yuvib, qayta ishlatish mumkin.

