MacBook va noutbuk uchun g‘ilof (13,3″, 14,1″, 15,6″)
Zamonaviy va himoyalangan dizayndagi chexol sumka MacBook, planshet va boshqa turdagi noutbuklar uchun mo‘ljallangan. Kundalik foydalanishda qurilmangizni tirnalish, chang va yengil zarbalardan ishonchli himoya qiladi.
G‘ilofning usti eko-charm materialdan tayyorlangan bo‘lib, nafis ko‘rinish va mustahkamlikni ta’minlaydi. Ichki qismi yumshoq barxat (velvet) material bilan qoplangan, bu esa noutbuk korpusini tirnalishdan asraydi.
Yengil, ixcham va olib yurish uchun qulay. 13,3″, 14,1″ va 15,6″ o‘lchamdagi qurilmalar uchun mos.






