Ushbu lyulka patstavkasi chaqalog‘ingiz uchun qulay va xavfsiz foydalanish uchun mo‘ljallangan. Mahsulot sifatli yog‘och (faner) materialdan tayyorlangan bo‘lib, mustahkam va barqaror konstruktsiyaga ega.
Barcha qirralari silliqlangan, o‘tkir joylari yo‘q — bu esa bolangiz uchun xavfsizlikni ta’minlaydi. Dizayni sodda va zamonaviy bo‘lib, uy interyeriga mos tushadi.
Mahsulot bilan birga yig‘ish uchun maxsus vintlar va otvyortka (otvyorka) beriladi. Shu sababli uni qo‘shimcha asboblarsiz ham oson va tez yig‘ish mumkin.
Ushbu patstavka ayniqsa tabiiylikni xohlaganlar uchun juda mos — sun’iy materiallarsiz, ekologik toza yog‘ochdan tayyorlangan.
Yengil vazni sababli uni xonadan xonaga ko‘chirish qulay va kundalik foydalanish uchun juda amaliy.
ustahkam yog‘och lyulka patstavkasi. Chaqaloq uchun xavfsiz, ekologik va oson yig‘iladi.
