LYON ko'ylak – nafislik, qulaylik va zamonaviy uslubni birlashtirgan ayollar uchun premium tanlov. Ushbu uzun ko'ylak kundalik foydalanish, mehmondorchilik, sayr, ishxona yoki turli tadbirlar uchun juda mos keladi.
Yengil va sifatli matodan tayyorlanganligi sababli kun davomida qulaylikni ta'minlaydi, tanada erkin turadi va harakatlanishga xalaqit bermaydi.
Klassik yoqali dizayni, old tugmalari hamda nafis kashtali bezaklari ko'ylakka o'ziga xos joziba bag'ishlaydi. Uzun va erkin fasoni qomatni chiroyli ko'rsatadi hamda zamonaviy va didli obraz yaratishga yordam beradi.
LYON ko'ylak 48–52 standart razmerda ishlab chiqarilgan bo'lib, turli qomatdagi ayollar uchun mos keladi. Uni krossovka, tufli yoki sandal bilan uyg'unlashtirib, har xil uslubdagi obrazlarni yaratishingiz mumkin. Kundalik kiyim sifatida ham, bayram va uchrashuvlarda ham nafis ko'rinishni istagan ayollar uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.
1 000 000 so'm
To‘lov va yetkazish
To‘lov rasmiylashtirganda
Karta yoki muddatli to‘lov
27-oktabr bepul yetkazish
Sotuvchidan kuryer orqali yetkazish
Topshirish punktiga yetkazish yo‘q
Qaytarish va kafolat
Qaytarish sotuvchi bilan kelishilgan holdaTovarni qaytarish uchun sotuvchi bilan bog‘laning. Uning raqami Buyurtmalarim bo‘limida
60 oylik kafolatTovar bilan muammo yuzaga kelsa, sotuvchi bilan bog‘laning