Kiyim o'lchami L dan XL gacha to'g'ri keladigan Ayollar uchun qulay va issiq katakli shton — uyda dam olish, uxlash va kundalik kiyishda foydalanish uchun juda mos. Shton keng bichimda tikilgan bo‘lib, harakatlanishda qulaylik yaratadi va tanani siqib turmaydi.
Matosining ustki qismi yumshoq mehli bo‘lib, yoqimli va issiq hissiyot beradi. Ichki qismi esa HB matodan tayyorlangan bo‘lib, kundalik foydalanishda qulaylikni ta’minlaydi. Elastik bel qismi tanaga mos tushadi, old qismidagi bog‘ich yordamida belni yanada qulay moslash mumkin.
Shtonning keng va erkin bichimi uy sharoitida bemalol harakatlanish imkonini beradi. Yumshoq matosi sababli sovuq kunlarda ham qulaylik va iliqlikni ta’minlashga yordam beradi.

