• Muqova: Yumshoq
• Muallif: Luqmon Bo'rixon
• Nashriyoti: Oltin Qalam
• Format: A5
• Sariq rangi: "Sirli Muallim" kitobi. Sahifalar soni: 384.
• Moviy Rangi: "Titrayotgan tog'" kitobi. Sahifalar soni: 208.
• To'q ko'k rangi: "Tun qa'ridagi shu'la" kitobi. Sahifalar soni: 336.
• Mis rangi: "Quyosh hali botmagan" kitobi. Sahifalar soni: 304.
Luqmon Bo'rixonning "Sirli muallim" qissasi har bir millat, har bir xalqning kelajagi bolgan yoshlarning ziyoli bo lishini chin dildan istagan va oz imkoniyati darajasida kurashayotgan o'qituvchi - Najot G'aybulla hagida. U o'quvchilar ta'lim olishlari uchun qo'lidan kelganicha yordam beradi. O'quvchilarni kitoblar bilan ta'minlaydi, sinf xonalarini jihozlar bilan jihozlaydi. Maktab, o'quvchilar, uning jon-u dili, butun borligi.Uning: "...lekin men maktabsiz turolmayman, bolalarsiz yashay olmayman. Bilaman, ishonmaysiz, ammo haqigat shunday. Bolalar kulgisining jarangidan zavq olaman, ularni ko'zlari, so'zlari beg'ubor.
Yozuvchi Luqmon Boʼrixonning “Titrayotgan togʼ” romanida davrimiz nafasi yaqqol his qilinadi. Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yoʼlida mehnat qilayotgan fidoyi va bunyodkor zamondoshlarimiz haqida adib oʼziga xos jozibali, shirali tilda hikoya qiladi. Ularning yorqin, rang-barang obrazlarini yaratadi. Roman qahramonlari Dilshodbek va Gulsaharning pok, samimiy sevgisi koʼngillarni beixtiyor junbishga keltiradi. Kitobxon bu yoshlar taqdiriga befarq qolmaydi, ularga xayrixohlik bilan qaraydi. Yorqin obrazlar, rang-barang kechinmalar oʼquvchini beixtiyor oʼziga jalb etadi. Shu bilan bir qatorda asar davomida oʼquvchini koʼproq oʼylashga, mushohada qilishga, undaydi.

Yozuvchi Luqmon Bo'rixonning "Jaziramadagi odamlar" asarida Samad ismli yigitcha tilidan hikoya qilinadi. Bola atrofidagi ko‘plab insonlarning xarakteri va yashash tarzlarini kinoyalar orqali ochib berishga urinadi. Asarda yumor, piching, kinoya yetakchilik qiladi.Kitobxon 41-shirkat odamlarini umumiy tarzda sodda, go‘l, zamondan biroz ortda degan tushunchalarga borishi mumkin. Ammo ularning o‘ziga yarasha ayyorligini, quvligini, riyokorliklarini hikoyachining kinoyalaridan anglab olishimiz mumkin.

Luqmon Borixon hikoyanavislik borasida ham mohirdir. Hikoyalari qahramonlari turfa voqealar girdobida antiqiy izchillik asosidagi betakror va xilma-xil, oddiy hayotiy voqealar tasviri-orqali namoyon bolsa-da, lekin mohiyatida o'sha davr muhitini, zamon dardlarini, yuksak insoniy his-tuygularni aks ettirgan shaxslar sifatida tasvirlanadi.Masalan, mazkur kitobdan o'rin olgan "Tun qa'ridagi shula" hikoyasida oz kasbining fidoyisi va shaharning sun'iy hashamatli hayotidan ko'ra tog'-u dashtni afzal ko'radigan shaharlik o'qituvchi tasvirlansa,"Qo'shyaproq" hikoyasida "asriarni yig'latgan sevgi" tarannum etiladi. "Sut sotuvchi bola" hikoyasi esa ezgulik, halollik va insoniy uluglanib, o'zbekona mehr-oqibat korsatilgan. "Aldoqchi tunlar" hikoyasida Vatan ozodligi yolida jon bergan insonlarning hayoti yoritiladi.
Ushbu to‘plamga yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning bir necha qissa va hikoyalari kiritilgan bo‘lib, ularning hech biri o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Kitobxon mutolaa jarayonida badiiy til nafosatidan, yorqin, jonli tasvir jozibasidan bahramand bo‘ladi. Yozuvchi yaratgan zamondoshlar obrazi, ularning quvonch va tashvishlari beixtiyor o‘quvchi qalbiga kirib boradi. Bu o‘quvchini hayot, muhabbat va nafrat haqida chuqurroq o‘ylashga undaydi.


