Lumi Form “Sandalwood & Patchouli” aromatik shamchasi — nafis dizayn va yoqimli hid uyg‘unligida yaratilgan, qo‘lda tayyorlangan mahsulot.
Shamcha tabiiy soya mumidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, u toza va barqaror yonishi bilan ajralib turadi. Zamonaviy minimalistik dizayni har qanday interyerga mos keladi va makonga iliqlik hamda shinamlik bag‘ishlaydi.
Aromati: Sandal daraxti & Patchuli
Yumshoq, chuqur va iliq yog‘ochsimon hid tinchlantiruvchi muhit yaratadi, stressni kamaytirishga yordam beradi va xonani yoqimli hid bilan to‘ldiradi.
Shamcha dekorativ yengil hidli gips archa bilan bezatilgan bo‘lib, uni nafaqat hid manbai, balki estetik interyer elementi sifatida ham ishlatish mumkin.
• tabiiy soya mumi
• aromatizator
• dekorativ gips archa
• qo‘lda tayyorlangan
Mahsulot uy sharoitida foydalanish uchun xavfsiz, shuningdek tug‘ilgan kun, bayram yoki maxsus sanalar uchun mukammal sovg‘a hisoblanadi.
Lumi Form — bu oddiy sham emas, bu kayfiyat va muhit yaratish san’ati.

