• Muqovasi - Qattiq
• Nashriyot - Zukko kitobxon, 2022
• Hammasi yaxshi bo'ladi - Yozuv - Kirillcha. Sahifalar soni - 224
• Hayot seni sevadi Yozuv - Kirillcha. Sahifalar soni - 256
• 21 kun ichida baxtli bo‘ling - Yozuv - Kirillcha. Sahifalar soni - 160
• Hayotingizni qadrlang! O'zingizni davolang! - Yozuv - Kirillcha. Sahifalar soni - 352
• Taqdiringizni boshqaring - Yozuv - Kirillcha. 160-bet
• Nashriyot - Davr-Press, 2021
• Nashriyot - Nauka-Intellekt
Siz bugungacha kasallikning oldini olish, davolanish, salomatligingizni tiklash va mustahkamlashda tibbiyot hamda idrok-irodangizga tayanib keldingiz. Endi esa ixtiyoringizda bu masalalarda sizga yaqindan yordam beradigan Luiza Xeyning ijobiy kayfiyat dasturi mazmun-mohiyati yoritilgan kitob bor.
Mazkur kitobdagi g‘oyalar tibbiyot olimlari tomonidan eʼtirof etilgan va millionlab kishilar ijobiy kayfiyat dasturidan foydalanib dardlariga davo topganlar. Ishonchimiz komil, siz xam salomatligingizni tiklash va mustaxkamlashda, umuman, hayotda baxtli yashash uchun ushbu kitobdagi tavsiyalardan unumli foydalanasiz. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
Amaliyotchi psixolog Robert Xoldenning "Hayot seni sevadi" kitobi o‘z-o‘zini anglash harakati asoschilaridan biri va o‘ttizdan ortiq psixologiyaga oid mashhur kitoblar muallifi Luiza Xey bilan bo‘lgan suhbatlari mevasidir.
Luiza Xey va kitob muallifi Robert Xolden, hayotda yuz beradigan voqealar “siz” bilan emas, balki «siz uchun» sodir bo‘lishini ko‘rsatib berishga harakat qilishgan.
Kitob yetti qismdan iborat bo‘lib, unda dolzarb voqealar, foydali meditatsiyalar kishini o‘ziga jalb etadi va har bir qism nazariyani tajribaga aylantirishga yordam beruvchi ruhiy amaliyot bilan yakunlanadi.
Kitob inson ruhiyatida sodir bo‘ladigan hissiyotlar bilan qiziquvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan.
Qo‘lingizdagi ushbu kitob AQSHning mashhur psixologi, 30 dan ortiq psixologik kitoblar yozgan Luiza L. Hey (1926-2017) qalamiga mansub. Ushbu kitob shu paytgacha dunyo bo‘ylab 40 ga yaqin mamlakatda 50 milliondan ortiq nusxada chop etilgan.
Shunga aminmizki, ushbu kitobni o‘qiy boshlashingiz bilan undan bosh ko‘tara olmay qolasiz. Chunki bu asar har bir insonga kasalliklarning oldini olishda psixologik qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Kitobni o‘qir ekansiz, qanday psixik holatlar qaysi kasalliklarga sababchi bo‘lishini va bu kasalliklardan qutulish uchun qanday harakat qilish haqida bebaho maslahatlar uchraydi. Shu bilan birga kasallikdan qanday xalos bo‘lish haqida bir qancha qimmatli maʼlumotlar berilgan.
Ushbu kitobda maʼlum bir kasalliklarni davolashda yordam beruvchi tibbiy tavsiyalar va maslahatlar berilmagan. Shuningdek, shifokorlarning ko‘rigisiz mustaqil tarzda davolanish tavsiya etilmaydi. Kitobdan asosiy maqsad- bardamlik, mustahkam sog‘lik va ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolish, shu bilan birga, badavlat va baxtli bo‘lishga yordam berishdir.
Rus tilidan Abdullayev Shohruh tarjimasi

