Hayotingizni qadrlang! O'zingizni davolang!
Qo‘lingizdagi ushbu kitob AQSHning mashhur psixologi, 30 dan ortiq psixologik kitoblar yozgan Luiza L. Hey (1926-2017) qalamiga mansub. Ushbu kitob shu paytgacha dunyo bo‘ylab 40 ga yaqin mamlakatda 50 milliondan ortiq nusxada chop etilgan.
Shunga aminmizki, ushbu kitobni o‘qiy boshlashingiz bilan undan bosh ko‘tara olmay qolasiz. Chunki bu asar har bir insonga kasalliklarning oldini olishda psixologik qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Kitobni o‘qir ekansiz, qanday psixik holatlar qaysi kasalliklarga sababchi bo‘lishini va bu kasalliklardan qutulish uchun qanday harakat qilish haqida bebaho maslahatlar uchraydi. Shu bilan birga kasallikdan qanday xalos bo‘lish haqida bir qancha qimmatli maʼlumotlar berilgan.
Ushbu kitobda maʼlum bir kasalliklarni davolashda yordam beruvchi tibbiy tavsiyalar va maslahatlar berilmagan. Shuningdek, shifokorlarning ko‘rigisiz mustaqil tarzda davolanish tavsiya etilmaydi. Kitobdan asosiy maqsad- bardamlik, mustahkam sog‘lik va ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolish, shu bilan birga, badavlat va baxtli bo‘lishga yordam berishdir.
Rus tilidan Abdullayev Shohruh tarjimasi

