
Louis Vuitton PACIFIC CHILL — Bu atir anʼanaviy ogʻir va achchiq hidlardan charchaganlar uchun haqiqiy najotdir. Uni koʻpincha "detoks effektli jozibador ifor" deb atashadi. Tarkibidagi mevalar shirinligi va yalpizli tazelik kombinatsiyasi insonga yuqori kayfiyat va cheksiz energiya bagʻishlaydi. Uniseks yoʻnalishida boʻlib, erkaklar va ayollar tana haroratida turlicha, ammo birdek mukammal ochiladi.
Chidamlilik: Yuqori. Yengil va sitrusli (fresh) atirlar ichida oʻzining chidamliligi bilan mutloq ajralib turadi. Terida kun davomida, kiyimlarda esa bir necha kungacha saqlanadi.
Shleyf (Tarqalishi): Yorqin va yoqimli. Atrofingizdagilarni boʻgʻib qoʻymaydi, aksincha, ortingizdan juda toza, nafis va salqin ifor izini qoldiradi.
Uniseks (Ham ayollar, ham erkaklar uchun birdek mos). Ayollarda koʻproq mevali-shirin, erkaklarda esa yangi-sitrusli va sport uslubida ochiladi.
Mavsum: Bahor va yoz kuz oylarida, qaynoq kunlarda mutloq ideal tanlov. Salqin kunlarda esa oʻzining shirin-mevali jozibasi bilan ajralib turadi.
Mavjud o‘lchamlari: 3ml, 5ml, 10ml, 20ml, 30ml, 50ml.

