Sharqona va hashamatli kompozitsiya. Atirgul va oud uyg‘unligi issiq ambra bilan birlashib, chuqur va boy hid beradi. Shleyfi kuchli, kechki va sovuq mavsum uchun juda mos. Status va jozibani ta’kidlaydi.
Kremli ambra va oq gullar asosidagi nafis va yorqin atir. Iliq, silliq va hashamatli taassurot beradi. Uniseks yo‘nalish, kechki obrazlar uchun mos.
Myriad – boy va intensiv oud kompozitsiyasi. Sharqona ziravorlar va yog‘och notalar bilan chuqur ochiladi. Juda kuchli va uzoq turadi, maxsus tadbirlar uchun.
Yengil, nozik va yorqin gulli-mevali kompozitsiya. Magnoliya va mevali akkordlar bahoriy kayfiyat beradi. Kundalik nafis obraz uchun mos.
Yumshoq, romantik va shirin-gulli kayfiyatga ega. Oqartirilgan gullar va mevali ohanglar bilan nozik ochiladi. Ayollarga mos, yengil va jozibali.
Sitruсли, yorqin va quyoshli kompozitsiya. Qizil apelsin va limon shirin-yangi taassurot beradi. Yozgi va energiyali obraz uchun ideal.
Toza va sof oud markazidagi kuchli sharqona atir. Minimalistik, chuqur va boy. Juda intensiv va uzoq davom etadi.
Atirgul asosidagi yengil va nafis kompozitsiya. Oqartirilgan gullar bilan sof va romantik kayfiyat beradi. Bahor va kundalik obraz uchun mos.
Yumshoq vanil va ambra akkordlari bilan iliq, shirin va qulay kayfiyat yaratadi. Kechki va sovuq ob-havo uchun mos.
Yangi, yashil va sitrusli kompozitsiya. Mate choyi va bergamot bilan noodatiy ochiladi. Yozgi va kreativ obraz uchun.
Quyoshli sitrus va neroli ohanglari bilan dengiz bo‘yidagi kayfiyatni beradi. Yengil, yozgi va energiyali.
Mandarin va ambra asosida iliq-sitrus kompozitsiya. Quyosh botishi kayfiyati, yumshoq va romantik shleyf.
Limon va apelsin guli bilan yorqin va quvnoq ochiladi. Juda yengil va yozgi.
Vetiver va pachuli asosidagi erkaklar uchun yog‘ochli kompozitsiya. Kuchli, zamonaviy va jiddiy xarakterga ega.
Sitrus va ziravorli erkaklar atiri. Toza, energiyali va universal. Ofis va kundalik uslub uchun mos.
Kakao va pion bilan noodatiy gulli-shirin kompozitsiya. Romantik va nafis shleyf beradi.
Iris va atirgul asosida nafis va ayollarga xos jozibador kompozitsiya. Yumshoq, romantik va hashamatli.
MONA Parfumes — Angliya, Fransiya va Shveytsariya xomashyolari asosida tayyorlangan рremium sifatli atirlar kolleksiyasi.
Atirlarimiz 25–30% gacha moy konsentratsiyasiga ega, bu esa hidning terida uzoqroq saqlanishini va barqaror ochilishini ta’minlaydi. Formulalar kundalik foydalanish hamda maxsus holatlar uchun mos qilib muvozanatlangan.
MONA Parfumes atirlari:
Biz hidni “ertak” qilib tasvirlamaymiz — asosiy e’tibor sifat, barqarorlik va tozalikka qaratilgan. Har bir atir real hid tajribasiga mos tayyorlanadi.
Mavjud hajmlar: 3 ml / 10 ml / 50 ml
Qadoqlash: ixcham, sovg‘aga ham mos
Kimlar uchun: erkaklar, ayollar va unisex variantlar
MONA Parfumes — ishonchli sifat, aniq konsentratsiya va zamonaviy yondashuv.







